Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Meksika bilan chegaraga qo‘shinlar tortishga tayyorligini ma'lum qildi
Foto: AFP 2018 / Pedro Pardo
Amerikalik harbiylar AQShning janubiy chegaralarida bo‘linmalarni joylashtirish rejasiga muvofiq, chegaraga beton to‘siqlarni tashlashni boshladi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis aytib o‘tdi.
Mettisning aytishicha, bu jarayon tafsilotlari, operatsiyada ishtirok etayotgan harbiylar soni hozircha aniqlashtirilmoqda.
Chegaraga qo‘shin tortilishiga AQShga Markaziy Amerikadan muhojirlar karvoni yo‘nalayotgani sabab bo‘lgan.
“Siz o‘tkazilmaysiz. Davlatimizga kirishning belgilangan tartibi bor”, deb aytgan Fox News telekanali efirida AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen muhojirlarga yuzlanib.
Karvon bir necha ming kishidan iborat bo‘lib, Meksika hududi orqali AQShga yo‘l olmoqda. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp bu karvonda jinoyatchilar va Yaqin Sharqdan shubhali odamlar borligini aytgan va chegarachilar hamda harbiylarni bu milliy miqyosdagi favqulodda vaziyat ekanligidan ogohlantirgan. Meksikada Trampning karvonda terrorchilar va jinoyatchilar borligi haqidagi so‘zlari inkor etilgan.
Mavzuga oid
12:44
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47
Tramp: Zelenskiy “harakat qilishni boshlamasa”, tinchlik imkoniyatini boy beradi
09:41
AQSh senatori Grem Trampni Ukrainaga “Tomagavk”ni berishga chaqirdi
09:22