Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:19 / 30.10.2018
26800
1 daqiqa o‘qiladi
Nurmagomedov qaysi futbolchiga muxlislik qilishini aytdi
Foto: Getty Images
UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga muxlislik qilishini aytdi.
«U bilan hech qachon ko‘rishmaganmiz, ammo uni kuzatib boraman. U – buyuk o‘yinchi. Uni ehtiyotlashimiz va ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam berishimiz kerak», - degan Nurmagomedovning so‘zlarini keltirib o‘tdi «Al-Ittihod» nashri.
Ma'lum bo‘lishicha, shu kunlarda Xabib ilk marotaba BAA poytaxti Abu Dabi shahriga borgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Nurmagomedov va Saloh jahonning eng nufuzli musulmonlari ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish