Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Restoran sotib olmoqchi bo‘lgan tadbirkor ayolni aldab ketishdi
Samarqand shahrida 2017 yil aprel oyidan avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi N.M. Amir Temur ko‘chasida yashovchi F.B. (ayol)ning uyida unga Samarqand shahrida joylashgan restoranni sotib olib berishlikni aytib, aldov yo‘li bilan undan ko‘p miqdordagi AQSh valyutalarini firibgarlik yo‘li bilan olgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada N.M. shu kunga qadar ayolga bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.M. ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026