Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda matematika fanidan xalqaro olimpiada o‘tkazilmoqda
Urganch shahrida oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida matematika fanidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi I xalqaro olimpiadaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada dunyoning 20 mamlakatidan 234 talaba ishtirok etdi.


Olimpiada nizomiga ko‘ra ishtirokchilarga algebra, matematik tahlil, geometriya, kombinatorika yo‘nalishlariga oid beshta matematik masalalar va ularni yechish uchun besh soat vaqt berildi. Har bir masala yengil, o‘rta, og‘ir daraja asosida ball bilan baholanadi.
Sinovlarni matematika bo‘yicha jahonda taniqli xalqaro ekspertlar, O‘zbekiston va bir qator xorijiy oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay'ati kuzatib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli xalqaro olimpiadani tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning sentabrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida ilgari surilgan hamda sammit ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan edi.
Mazkur xalqaro olimpiada har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Xalqaro olimpiadada g‘olibliklikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik talabalarga matematika, fizika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturaga kvotadan tashqari davlat granti asosida o‘qishga kirish huquqi beriladi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
17:47 / 24.02.2026
Urganch–Xiva pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026