Xorazm viloyatida Özbekistondagi birinçi pulli avtomobil yöli qurilişi boşlandi: yangi trassa Urganç va Xiva şaharlarini boğlaydi. Bu haqda “Özbekiston 24” telekanali xabar berdi.

35 kilometrlik pulli magistral – hozirda mavjud 34 km uzunlikdagi yölga muqobil böladi.

Telekanal xabarida aytilişiça, 2025 yilda Xorazm viloyatiga qariyb 2 mln xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. Natijada Urganç–Xiva yönalişida transport oqimi ortib, tez-tez tirbandliklar yuzaga kelyapti.

Loyihaning umumiy qiymati – 120 mln dollar. Pulli yöl 4 tasmali, asfaltbeton qoplamadan iborat böladi va sutkasiga 20 mingta transport vositasini ötkaza oladi.

Xorazm viloyati Avtomobil yöllari boşqarmasi boşliği Dilşodbek Niyozmetovning sözlariga köra, 35 kilometrlik yöl 5 ta lotga ajratib, quruvçilar jalb qilingan. Reportajda buyurtmaçi va pudratçilar kimligi oçiqlanmagan.

Ta’kidlanişiça, loyiha doirasida 17 ta köprik, 8 ta yöl ötkazgiç, 1 ta tunnel va 5 ta maxsus ötiş joyi barpo etiladi.

“Ayni paytda quriliş işlari keng kölamda olib borilyapti. Mingdan ortiq mutaxassislar, yuzlab zamonaviy texnika va maxsus uskunalar jalb qilingan”, – deyiladi xabarda.

Quriliş sifatini nazorat qiliş uçun xorijlik konsultantlar yollangan. Ulardan biri, turkiyalik mutaxassis Bulent Bayirning ma’lum qilişiça, yölning ustki konstruksiyasi taxminan 87 sm qalinlikda böladi, sönggi ikkita qatlam bitum bilan modifikatsiya qilingan maxsus mustahkam qatlamlardan taşkil topadi.

“Yöl-loyiha byuro” MÇJ direktori Ğulom Zohidovning sözlariga köra, Urganç–Xiva pulli yölining quriliş işlari loyihalaş işlari bilan parallel ravişda olib borilmoqda. Yangi yöl ikki şahar örtasidagi masofa vaqtini 3 barobarga qisqartirib, 1 soatdan 17 daqiqagaça tuşiradi. Pulli yölning boşlaniş nuqtalarida va örtasida terminallar joylaşadi.

Bu loyiha bilan bir vaqtda, Urganç xalqaro aeroportidan Xiva şahriga qatnaydigan elektrlaştirilgan temiryöl ham qurilyapti. 10 km 850 metr uzunlikdagi temiryöl loyihasining umumiy qiymati – 18 mln dollardan ortiq.