O‘zbekiston | 10:10 / 31.10.2018
3142
4 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning Toshkentda poligrafiya sohasini rivojlantirishga doir qarori qabul qilinadi

Foto: Shutterstock

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida poligrafiya sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbektelekom” AJ hamda Toshkent shahar hokimligining:

“O‘zbektelekom” AJning Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Abdalina ko‘chasi, 2-uy manzilidagi 265-ATS binosini tegishli hududi bilan birgalikda “O‘zbektelekom” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini ATS binosining balans qiymati summasiga kamaytirish hisobiga “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasiga davlat mulki sifatida operativ boshqaruv huquqi bilan berish;

“UNICON.UZ” DUKning Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-mavze, Yangi shahar ko‘chasi, 1a-uy manzilidagi poligrafiya sexi binosini tegishli hududi bilan birgalikda Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul berish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.

“O‘zbektelekom” AJ:

ATS binosini bir oy muddatda “UNICON.UZ” DUKga berilishini;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zbektelekom” AJ ustav kapitalida davlat ulushi “UNICON.UZ” DUKga beriladigan ATS binosining balans qiymati summasiga kamaytirilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi“UNICON.UZ” DUK bilan birgalikda poligrafiya sexi binosini belgilangan tartibda topshiradi, Toshkent shahar hokimligi qabul qilib oladi.

Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 17-mavze, Yangi shahar ko‘chasi, 1a-uy manzilidagi poligrafiya sexi binosini tegishli hududi bilan birga investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida “KOLORPAK” MChJga sotish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.

Belgilansinki, “KOLORPAK” MChJ bir yil davomida quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini bajarishni o‘z zimmasiga oladi:

15 mln. Yevro miqdorida investitsiya kiritish hisobiga zamonaviy poligrafiya sohasini tashkil etish va 200 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;

5 mlrd. so‘m mablag‘ kiritish hisobiga bino qurish,kapital ta'mirlash, barcha infratuzilmalarni rivojlantirish va hududni obodonlashtirish.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:

Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarish sharti bilan “KOLORPAK” MChJ bilan poligrafiya sexi binosini “nol” xarid qiymatida oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;

“KOLORPAK” MChJ tomonidan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini monitoring qilinishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid