Hozirgi kunda investitsiya jalb qiliş davlat siyosatining ustuvor jihatlaridan biridir. Negaki, iqtisodiyotning qon-tomirlari hisoblangan moliya resurslari şakllanişi va ösiş sur'atlari mamlakat kelajagini qaysidir ma'noda belgilab beradi. Bunday investitsiyalarga faqatgina xorijiy kompaniyalar, moliya taşkilotlari va korporatsiyalar emas, oddiy qişloq vakili bölgan ustalar, suvoqçi, beton quyuvçilarning ham hissasi katta. Axir ular Rossiya, Qozoğiston, Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlarda qora terga botib yuborayotgan mablağlari ham şu mamlakat hududiga, iqtisodiga kirib kelmoqda. Ular yuborgan pullar yiğilib butun boşli mamlakat iqtisodi uçun salmoqli kapitalga aylanadi.
Toma-toma köl bölur
Rossiyada işlayotgan fuqarolarimizdan, ya'ni jismoniy şaxslardan ötkazilayotgan mablağlar 2018 yilning ikkinçi çoragining özida 748,8 mln dollarni taşkil etdi. Kiçik summa emas. Ammo bu ulkan raqamlar ortida ulkan mehnatlar, azob-uqubatlar-u, köplab oilalarning ğam va hasratlari yotibdi. Keling, bir insonning turmuş çorrahalaridagi taşvişlar uçun boşidan ötkazişi mumkin bölgan sinovlarni sarhisob qilaylik.
Sarguzaştlarga töla poyezd

Ham öqiş, ham sayohat maqsadida Moskva tomon yöl olgan edim. Şu sababli, darrov Rossiya markazida bölib qolişga köngil çopmadi. Qozoq çöllari va ötovlari, rus örmonlarini körib ketişni xohladim. Taassurotlarga töla, ya'ni tabiat va yangi muhit uyğunligini his qiliş niyatida edim. Biroq hamma narsa men kutgandek bölib çiqmadi. Lekin sayohat «taassurotlar»ga töla bölgani rost.
Poyezdda Qozoğiston hududiga kirgan vaqtingizda jiddiy «tösiqlar»ga duç kelasiz va çöntak kavlaşga majbur bölasiz yoki... Bu holat Qozoğiston hududidan çiqiş vaqtida ham takrorlanadi. Yillar davomida köp yurtdoşlarimiz qozoq çegaraçi va politsiya xodimlarining qöpol muomalasi va tamagirligidan nolişadi. Lekin, bu bilan rasmiylarning işi yöq.
Rossiya Federatsiyasiga kiriş vaqti esa juda hayajonli böladi. Çunki hududga kirayotganingizda sizga taqiq qöyilganmi yoki yöq? Buni maxsus apparat bilan hujjatingiz asosida tekşiriladi. Aynan şu lahza vatandoşlarimizda qattiq hadik uyğonadi. «Bilmasdan bironta qonunni buzib qöygan bölsamçi, şu yerni özida poyezddan tuşib qolsam nima qilaman bu çöllarda? », degan vahimali öy keçadi. Qölida yoş çaqaloği bor onalar ham poyezddan tuşirib yuborilganiga guvoh böliş mumkin. Nima ham derdik? Qonun baribir qonun-da.
«Qoğoz asri» qurbonlari

Şundan söng, manzilga yetib keldim deb xursand bölayotgan musofir vatandoşlarimiz uçun sinovlar endi boşlangani ma'lum böladi. Har bir hujjat uçun belgilangan muddat mavjud. Vatandoşning «şör»i aynan şu muddatlar. Poyezddalik vaqtingizda sizga migratsion karta beriladi. Söngra, 7 iş kuni içida biror joyga joylaşib, registratsiya qilinişingiz lozim böladi. Agar registratsiya qoidalarini buzsangiz, 2 000 rubldan 5 000 rublgaça jarima solinişi va Rossiyadan çiqarib yuborilişingiz mumkin. Bu esa öz navbatida Rossiyaga kirişga 5 yilga taqiq qöyilişiga olib keladi. Registratsiya qilinmasdan 1 oydan oşiq muddat yursangiz, 3 yilga taqiq qöyilişi uçun asos böladi.
Qiziği şundaki, qonun sizdan öz vaqtida registratsiyadan ötişni talab qilsa-da, buni özingiz mustaqil qilolmaysiz. Uy egasining roziligi kerak. Uy egalari esa odatda bir nimalardan xavfsirab, bunga rozi bölişmaydi. Şuning uçun köpçilik muhojirlar vositaçilar orqali 3 000 yoki 4 000 rublga boşqa manzillar böyiça registratsiyaga turişadi (örtaça 6 000 rubl 100 dollarga teng) va noqonuniy yaşaş şu yerdan boşlanadi.
Registratsiya mojarosidan söng, işlaş uçun kelgan vatandoşlarimiz oldida patent degan qörqinçli ğov paydo böladi.
Işlaş uçun xarajat, xarajat uçun işlaş
Patent - çet el fuqarolari uçun Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini yuritiş huquqini beruvçi hujjat.

Rossiya hududiga kirib keliş vaqti migratsion kartangizga yoziladi. Agar 1 oy içida patentga topşirilmasa, Moskva va Sankt-Peterburg şaharlarida 10000dan 15000 rublgaça, jarima tölab hujjat topşirişga yoki çegaraga borib kelişga töğri keladi.
Patent oliş uçun yagona muassasa Içki işlar vazirligining migratsiya boşqarmasi murojaat qilinadi va köplab talotöplardan ötib olinadi. Patentga hujjat topşirganingizda, avvalo, 21 000 rubl tölaş lozim (hududiga qarab). Tölovdan söng, tibbiy körikdan ötasiz, söngra rus tili böyiça imtihonlarni topşirasiz.
Bu taşkilotga borganda hayron qoldiruvçi holatlar:
- uzundan uzoq navbatlar;
- qöriqlaş xizmatidagilarning özbek va tojik tillarini örganib olgani. «Rusça gapirsak tuşunmaydi, şuning uçun özimiz örgandik», deya izohlaşadi;
- taşkilot atrofida özbek milliy taomlarini tayyorlovçi oşxonalar köpligi;
- boşqa metro bekatlarida emas, aynan bu taşkilot yonidagi metro bekatlarida turuvçi politsiya xodimlari hammani tekşiriş uçun töxtatişi.
Patentga hujjat topşirilgandan söng, endi kutiş davri boşlanadi... Işlaş mumkin emas, lekin dam oliş ham noqulay. Çunki ança vaqtdan beri bu işga katta mablağ sarflab, qarz bölişga ham ulgurgansiz.
Pul topgani kelganmisiz yoki sarflagani?
Oradan 20-25 kunlardan söng, patentni olasiz. Endi iş topiş kerak, yuriş kerak. Iş beruvçiga rusça gapiriş kerak (köpçilik uçun şunisi qiyin). Işni topişga ham ma'lum vaqt ketadi, lekin bu orada patentning navbatdagi oylik tölovi kelib qoladi. Oylik tölov işlasangiz ham, işlamagan bölsangiz ham tölanişi lozim. Hozirda bu tölov 1 oyga 4500 rubl (hududiga qarab).
Endi keling, bir hisoblab çiqaylik. Bitta musofir yurtdoşimiz bir oyda patent tölovi (4500), kvartirada ijara uçun (5000), registratsiya har 3 oyda (vositaçilar bilan 4000), oziq-ovqat va boşqa xarajatlar uçun (3000 rubldan 5000 rublgaça). Oyliklar esa 25 000 rubldan 40 000 rublgaça böladi, odatda. Ortib qoluvçi daromadni özingiz hisoblab köravering.
«Orzudagi iş»
Hozirgi kunda MDH davlatlari, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uçun iş örni mos tuşişi (ba'zi hududlarda patentda aniq kasb yönalişi körsatiladi) lozim. Masalan, muhandislik kasbi uçun patent olingan bölsa-yu, texnika bilan şuğullansangiz ham, iş örni hujjatda boşqaça körsatilgan bölsa, bu iş sizga nasib etmaydi. Şuningdek, köplab lavozimlarga faqat Rossiya yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining bojxona ittifoqiga a'zo davlat (Rossiyadan taşqari, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston, Belarus) fuqarolari söralmoqda.
Hammaning yöriği har xil. Bu maqola köpçilikning holatidan kelib çiqib yozildi. Lekin, şuni aniq bilamizki, bu yurtdoşlarimizning birortasi vatanda bölişdan köra, musofirçilik nonini afzal körişmaydi. Yuqoridagi pul ötkazmalari minglab vatandoşlarimizning uyqusiz tunlari evaziga ekanligini unutmaslik lozim.
Bahodir Ahmedov











