Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sud orqali tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish masalasi muhokama etildi
Samarqand shahrida “Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilinishi: O‘zbekiston tajribasi va xorij amaliyoti” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Savdo-sanoat palatasi, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi vakillari, sudyalar, advokatlar va tadbirkorlar ishtirok etdi. Shuningdek davra suhbatida Rossiya, Avstriya, Fransiya va AQShdan kelgan xalqaro ekspertlar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. Komilov, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori J. MakGregor, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari F. Karaxanov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlari sud orqali ishonchli himoya qilinishini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotimizni yangi bosqichda rivojlantirishda muhim omil bo‘layotganini ta'kidladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda sud-huquq sohasining qonunchilik asoslari yanada takomillashtirilib, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasi oshirilmoqda.
2017 yil 1 iyundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlar qilib o‘zgartirilgani, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilgani tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini ishonchli himoya qilishda bir qator qulaylik yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017 yil 20 dekabrdagi o‘n uchinchi yalpi majlisida Iqtisodiy protsessual kodeksi ma'qullanib, joriy yilning yanvar oyida tasdiqlangani iqtisodiy nizolarni odilona ko‘rib chiqib, hal etishda yangi imkoniyatlar yaratdi.
2018 yil 1 apreldan kuchga kirgan mazkur kodeks iqtisodiy sudlarda ishlarni yuritish tartibini takomillashtirib, sohadagi qonunchilik va amaliyotdagi ayrim kamchiliklarga barham berayotgani bilan ahamiyatlidir.
Kodeksda sudda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, odil sudlov faoliyatining sifat hamda samaradorligini oshirish, fuqarolar va tadbirkorlarga huquq hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etish uchun qulay imkoniyatlar yaratish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan. Shu maqsadda sud ishlarini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish, sudlarga elektron murojaat etish, sud hujjatlarini taraflarga elektron yuborish, sud majlislarini videokonferentsaloqa rejimidan foydalangan holda o‘tkazish, sud majlisini audio-videoda qayd etish belgilandi.
Davra suhbatida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi va uning mazmun-mohiyati xususida atroflicha fikr almashildi.

Tadbirda sudlarda ish yurituvining samarasi va sifatini oshirishga qaratilgan milliy qonunchilikni takomillashtirish, tadbirkorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini tatbiq etish, tadbirkorlar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish usullaridan keng foydalanish masalalarida ma'ruzalar qilindi.
So‘zga chiqqanlar tadbirkorlik sub'yektlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolarni hal etish bo‘yicha sud amaliyotini takomillashtirish, sudlarda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishda advokatlarning ishtirokini kengaytirish, soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash borasida amaliy harakatlarni amalga oshirish borasida takliflar bildirdilar.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud organlarida ishonchli himoya qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
23:04 / 13.06.2026