Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Jazoir prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti Abdulaziz Buteflikani 1 noyabr – Inqilob kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
1 noyabr kuni Jazoirda milliy bayram – Inqilob kuni nishonlanadi. 1830 yili Jazoir hududiga fransuz mustamlakachilari bostirib kirdi. 1920-30 yillarda mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1945 yilda ro‘y bergan dastlabki qo‘zg‘olon mustamlakachilar tomonidan bostiriladi.
1954 yil 1 noyabrda Jazoirda Milliy ozodlik fronti tashkil etildi. 1962 yilning 5 iyulida Jazoir mustaqillikka erishdi.
Mavzuga oid
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:56 / 11.06.2025