Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S&P Global delegatsiyasi O‘zbekistonda. Mamlakat suveren kredit reytingini olmoqchi
Foto: senat.uz
2018 yil 31 oktabr kuni Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining raisi Alisher Qurmanov “S&P Global” xalqaro reyting agentligi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mamlakatda qulay investitsiya muhitini shakllantirishni davom ettirishga, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Qayd etilganidek, biznesni rivojlantirish yo‘liga g‘ov bo‘layotgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan davlat tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan hujjat ayirboshlashning elektron tizimlari joriy etilmoqda, savdo bitimlarini, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi savdo bitimlarini rasmiylashtirish tartib-taomillari soddalashtirilmoqda.
Mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish haqida so‘z borganda infratuzilmani yanada rivojlantirish, kengroq ko‘lamda ishlab chiqarish modellarini joriy etish, shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyotga integratsiyalashuvni chuqurlashtirish va mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish muhim ekani ta'kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan suveren kredit reytingini olish uchun nufuzli xalqaro reyting agentliklarining delegatsiyalari, shu jumladan “S&P Global” delegatsiyasi 2018 yilning 30 oktabr – 2 noyabr kunlari mamlakatda bo‘lib turibdi. Turli sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan mutaxassislar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha xalqaro reyting agentliklari O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati haqida hisobotlar tayyorlaydi.
Mavzuga oid
17:36
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
18:58 / 23.04.2026