Jamiyat | 13:03 / 01.11.2018
2369
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yordam ko‘rsatildi

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlari tomonidan viloyatning har bir hududida fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida sayyor uchrashuvlar tashkil etilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha joyida zarur huquqiy tushuntirish berib kelinmoqda.

O‘tkazilgan sayyor uchrashuvlar va qabullar jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda bemor fuqarolarga tibbiy davolanish uchun ko‘maklashish choralari ham ko‘rib borilmoqda.

Adliya boshqarmasi tomonidan Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan sayyor qabul natijalari bo‘yicha kam ta'minlangan oilalarga ko‘maklashish borasida viloyat “Ijtimoiy himoya” jamiyati bilan birgalikda tumandagi 14 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga joriy yilning 30 oktabr kuni tegishli amaliy yordam ko‘rsatildi.

Foto: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi

Jumladan, 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga davolanish uchun 3 mln. so‘m pul mablag‘, 3 nafar fuqaroga zamonaviy tikuv mashinkalari berildi hamda kam ta'minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 nafar fuqaroga 4 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

Foto: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi

Shu bilan birga, tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rib borilmoqda.

Foto: Toshkent viloyat adliya boshqarmasi

Natijada hozirgi kunda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha tuman hokimining 200 ga yaqin qarori qabul qilingan. Ushbu tuman hokimining qarorlari asosida tayyorlangan kadastr hujjatlarining bir qismi 30 oktabr kuni o‘z egalariga (fuqarolarga) topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid