Farğona şahar nogironligi bor bolalar uçun “Ğamxörlik” markazidagi (avvalgi Muruvvat uyi) kunduzgi parvarişlaş guruhlari yopilib, tarbiyalanuvçilar xususiy muassasaga yönaltirilgan. U yerda esa malakali mutaxassis yöq. Oqibatda öttizga yaqin nogironligi bor bola qayerga borişni bilmay sarson bölyapti.

Kun.uz muxbiri “Ğamxörlik” maskanida bölib, ota-onalar bilan suhbatlaşdi, mas’ullardan izoh söradi.

Yangi tartibdan norozi bölayotgan ota-onalar farzandlarini Muruvvat uyiga qaytarişni sörab, mutasaddilardan iltimos qilib qolişdi.

“Yangi joyda bunday bolalarni eplay olişmadi”

Sayyora Yormatova:

— Ikki nevaram: 16 va10 yoşli nogiron opa-uka sarson bölişyapti. Muruvvat uyining xodimlari nevaralarimga yaxşi qaraşayotgan edi. Nima böldiki, sohani tadbirkorlarga beramiz deb maxsus kunduzgi guruhni yopib qöyişdi. Nogironligi bor nevaralarim yangi muassasaga borgandan beri kasal. U yerda mutaxassislar yöq ekan. Nogironligi bor bolalarim sarson bölgani qoldi. Eski Muruvvat uyiga qaytarişsin ularni.

“Yangi boğçaga olib borasizlar, bu yer yopildi” deyişdi. Yangi joyda esa biz bunday bolalarni eplay olmaymiz deb, hujjatlarimizni qölimizga tutqazişdi. Öşa kuni kasal böldi nevaralarimdan biri.

Farğona şahridagi Murruvvat uyining şaroitlari zör bölgan. U yerda haqiqiy mutaxassislar bölgan. Heç qanaqa kamçilik bölmagan. Bizga şu eski Murruvvat uyini oçib berişsin. Sarson bölib köçada qolgan bolalarimizni Muruvvat uyi yana olsin.

“Nogironligi bor farzandim azobda qoldi”

Saida Mirzaazizova:

— Farzandim 9 yildan beri Muruvvat uyidagi maxsus kunduzgi guruhda tarbiyalanardi. Farğona şahridagi Muruvvat uyining nomini özgartiramiz deb, yopib qöyişdi. Nogironligi bor bolalarimizning hammasi sarson bölib köçada qoldi.