Jamiyat | 11:50 / 01.11.2018
4100
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida «Diqqat piyoda!» profilaktik tadbiri o‘tkazildi

Toshkent viloyatida piyodalarning amaldagi yo‘l harakati qoidalariga itoat qilgan holda serqatnov yo‘llar va chorrahalarda piyodalar uchun belgilangan joylardan yurishlarini nazorat qilish maqsadida viloyat hududida bir kunlik  «Diqqat piyoda!» profilaktik tadbiri  o‘tkazildi.  

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan ushbu profilaktik tadbir davomida viloyat hududida transport vositasi serqatnov yo‘llarga yaqin joylashgan bozor, korxona va tashkilotlar qarshisida joylashgan piyodalar o‘tish joylariga yo‘l-patrul xizmati inspektorlari biriktirilib, harakat xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda aholiga piyodaning yo‘llarda harakatlanish tartibi uqtirib o‘tildi. 

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati

Bundan tashqari, qoidabuzarlik sodir etgan piyodalar aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi talablari bo‘yicha piyodalarga 329ta ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jazo chorasini ko‘rish maqsadida piyodalarning yashash hududidagi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga jo‘natildi. 

Shuningdek, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan piyodalarga kelajakda bunday holatlarni qayta takrorlamasliklari uchun piyodaning majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid