“Hukumatlar turli bahonalar bilan mustaqil OAVlarni ta'qib qilib, internetdagi kontentni nazorat qilişga harakat qiladi. Jurnalistlar esa köpinça öz professionalligi va haqiqatparvarligi uçun öz erkinligi, ba'zan esa hayoti bilan hisoblaşadi”. Bu YuNeSKO “2 noyabr – Jurnalistlarga qarşi jinoyatlar uçun jazosizlikni töxtatiş xalqaro kuni” munosabati bilan yodga solayotgan ba'zi tendensiyalar, xolos.

Raqamlarga murojaat qilamiz: 2012 yildan 2016 yilga qadar 530 nafar jurnalist öldirilgan. Eng köp qurbonlar tele- va radiojurnalistlar hamda bosma OAV xodimlari orasida qayd etilgan. Jurnalistlar uçun eng xavfli joylar esa – arab mamlakatlari. Asosan xalqaro jurnalistlarning ölimi ovoza bölsa-da, halok bölganlarning 92 foizi – mahalliy muxbirlar. Ta'kidlaş joizki, jurnalistlarga qarşi jinoyatlarning 90 foizi jazosiz qolmoqda.

BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning sözlariga köra, yana bir xavotirga asos böluvçi tendensiya – OAVda işlovçi ayollarga qarşi zöravonlik holatlarining ösişi.

Şuningdek Gutteriş birgina şu yilning özida kamida 88 jurnalist öldirilganini yodga soldi. “Yana minglab nafari huquqiy asossiz turli hujumlar va ta'qiblarga duç keldi”, - deydi u.

Raqamli jurnalistika – hukumatlar nişonida

Bugun, internet ma'lumot almaşişning yetakçi vositasiga aylanayotgan, kuçli tarmoq platformalari esa tobora köproq ta'sirga ega bölayotgan bir davrda, ularning faoliyati tartibga solinişidan manfaatdor sud va ijroçi hukumat vakillari ularga kattaroq e'tibor qaratmoqda.

YuNeSKO ma'lumotlariga köra, barça mintaqalarda raqamli maydonda işlaydigan jurnalistlar xavfsizligiga tahdid ösib bormoqda. Birgina 2015 yildan 2016 yilgaça internet-resurslarning yopiliş holatlari uç baravardan köproqqa oşdi. Onlayn-kontentni filtrlaş va bloklaş tajribasi kengaymoqda. Internet-naşrlar xodimlari tarmoqda tahdid va ta'qiblarga, noqonuniy kuzatuvlar yöliqişmoqda, ularga qarşi turli kampaniyalar taşkil qilinmoqda, veb-saytlarga kiberhujumlar qayd etilmoqda.

OAVga işonç pasaymoqda

Gellap instituti tomonidan dunyoning 131 mamlakati aholisi örtasida ötkazilgan oxirgi sörovlarning körsatişiça, odamlarda OAV erkinligiga asta-sekin ta'sir ötkazilayotgani va ularga bölgan işonç yöqolayotganiga oid tasavvur paydo bölmoqda.