3 dekabr kuni BMT Boş kotibi Antonio Guterriş Nyu-Yorkdagi Reuters NEXT konferensiyasida naşrning öziga intervyu berdi. U qator xalqaro masalalar, jumladan Isroilning Ğazo sektoridagi uruşi haqida gapirib, bu «asosiy jihatdan notöğri» bölganini aytdi.
«Menimça, tinç aholining ölimi va Ğazoni vayron qiliş masalasida butunlay beparvolik bilan olib borilgan bu operatsiyaning özida tubdan notöğri narsa bor,» dedi Guterriş.
«Amaliyotning maqsadi Hamasni yöq qiliş edi. Ğazo vayron böldi, ammo Hamas hali yöq qilinmadi. Demak, bu iş qanday olib borilganida… asosiy muammo bor,» dedi BMT boş kotibi.
Ğazo soğliqni saqlaş vazirligining ma’lumotiga köra, Isroilning Hamasga qarşi 2 yillik uruşida sektorda 70 mingdan ortiq odam halok bölgan. Ularning 20 mingga yaqini bolalar. Yana 170 mingdan ortiq inson jarohatlangan, deyarli butun Ğazo vayronalarga aylangan.
Aynan uşbu holatda «uruş jinoyatlari sodir etilgan yoki etilmagani» haqidagi savolga Guterriş: «Bu ehtimol haqiqat bölişi mumkinligiga juda kuçli asoslar mavjud,» — deb javob berdi.

Şuningdek, Guterriş AQŞni Ğazoda humanitar yordam yetkaziş imkoniyatlarini yaxşilaşdagi roli uçun maqtadi. Avgust oyida global oçlik monitoringi Ğazoda oçarçilik boşlanganini bildirgan edi.
«BMT va AQŞ örtasida gumanitar yordam böyiça ajoyib hamkorlik bor. Umid qilamanki, bu munosabat davom etadi va yanada rivojlanadi,» dedi u.
BMT uzoq yillardan beri Ğazoga yordam yetkazişdagi tösiqlar haqida şikoyat qilib keladi, buning uçun Isroil qöygan çeklovlar va beqarorlikni sabab qilib körsatadi. Isroil esa BMT boşçiligidagi yordam operatsiyasini tanqid qilib, Hamasni yordamni öğirlaşda ayblaydi.












