Belarus prezidenti samolyoti sotuvga qo‘yildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir vaqtlar uchgan Tu-154M samolyoti sotuvga qo‘yildi.
1995 yilda ishlab chiqarilgan, EW-85815 bort raqamiga ega samolyot uchun savdolar Minsk aeroportida 5 dekabrda boshlanishi rejalashtirilgan. “Belavia” aviakompaniyasida samolyot davlat rahbari tomonidan qo‘llangani haqidagi ma'lumotni tasdiqlash yoki rad etishga haqli emasliklari aytilgan.
“Biz savdoga qo‘yilgan samolyotning ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumotni bera olamiz”, deb aytgan aviakompaniya vakili.
Lukashenko samolyoti haqidagi ma'lumot uning Xitoyga 2016 yildagi safari vaqtida paydo bo‘lgan. Prezidentga tegishli Tu-154M Novosibirskda qo‘nib o‘tgan va aynan shu yerda qayd qilingan.
Samolyotning boshlang‘ich narxi 2 mln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi. Savdolarda ushbu summadan 10 foiz bo‘nak kiritadigan istalgan tashkilot yoki shaxs ishtirok eta oladi.
Mavzuga oid
20:49 / 11.11.2024
Belarus rasman BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini oldi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
22:17 / 07.11.2024
Lukashenko yana 31 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
14:30 / 05.11.2024