23:43 / 05.11.2018
7341

RPL. Afonin, Hamdamov va Denisov jamoalarida g‘alaba

Rossiya Premer-Ligasida 13-turdan o‘rin olgan ikki o‘yin yakunlandi.

«Orenburg» o‘z maydonida «Rubin»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz Vadim Afonin asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi.

«Krilya Sovetov» safarda «Ufa»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Vitaliy Denisov samaraliklarning zaxirasida qoldirildi.

«Anji» o‘z maydonida «Yenisey» bilan bellashdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov bu o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Bu natijadan so‘ng, «Anji» 13 ochko bilan 14-o‘rinda, «Yenisey» esa 6 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. 

RPL, 13-tur  
5 noyabr

Orenburg – Rubin 1:0
Gol: 1:0 – 57, penalti Sutormin. 
Orenburg – Dovbnya, Malix, Sivakov, Begich, Andreyev, Terexov, Chirkin (Chukanov, 46), Afonin, Mishkich, Sutormin, Galajan (Kulishev, 89).
Rubin – Konovalov, Uremovich, Navas, Sorokin, Podberezkin (Mogilevets, 71), Tsallagov, Yakovlev, Kambolov, Konovalov, Kudryashov, Poloz (Buxarov, 62), Bayramyan.
Ogohlantirishlar: Kambolov (18), Begich (18), Kudryashov (56), Konovalov (63), Afonin (72).
Chetlatish: Sorokin (87).

Ufa – Krilya Sovetov 1:2
Gollar: 0:1 – 18 Samarjich, 1:1 – 67 Sysuyev, 1:2 – 90 Yakovlev. 
Ufa – Belenov, Nedelcharu, Putsko, Alikin, Jivoglyadov, Sysuyev (Bizyak, 83), Till, Vanek (Paurevich, 46), Salatich, Tabidze (Aliyev, 56), Igboun.
Krilya Sovetov – Ryjikov, Burlak, Zotov, Chicherin, Samardjich, Anton, Bashkirov, Tkachuk, Chochiyev (Sheydayev, 70), Kanunnikov (Yakovlev, 77), Kornilenko (Sobolev, 63).
Ogohlantirishlar: Anton (57), Salatich (85), Zotov (89).

RPL, 13-tur
Anji – Yenisey 2:1 

5 noyabr, «Anji-Arena» 
Gollar: 1:0 – 35, penalti Ponse, 1:1 – 53 Sarkisov, 2:1 – 57, penalti Ponse. 
Anji – Dyupin, Gapon, Udaliy, Chanselor, Rabiu (Katsayev, 23; Muhammad, 90), Chaykovskiy, Gigolayev, Glebov, Ondua, Kulik, Ponse (Dolgov, 87).
Yenisey – Yurchenko, Dugalich, Kichin, Yatchenko (Obradovich, 66), Gasanov, Fatullayev, Ogude (Xaritonov, 77), Komkov, Zotov, Kutin, Sarkisov (Komolov, 75).
Ogohlantirishlar: Udaliy (19), Komkov (34), Chanselor (65), Obradovich (73), Glebov (78), Zotov (88), Yurchenko (90).

Mavzuga oid
Top