Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda terrorchilar qurbonlarining 200 dan ko‘proq ommaviy qabri topildi
Foto: FP 2018 / SAFIN HAMED
BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Iroqda IShID jangarilari tomonidan o‘ldirilgan odamlarning 200 dan ko‘proq ommaviy qabri topilgani ma'lum qilingan dokladni taqdim qildi. Ta'kidlanishicha, BMT xodimlari shu kungacha 202 ta shunday ommaviy qabr topilganini qayd qilishgan.
Qabrlarning aksariyati Naynavo, Qirkuk, Salohiddin va Anbar viloyatlarida joylashgan. BMT qo‘mitalarining baholashicha, bu qabrlarda 6 mingdan 12 minggacha kishi ko‘milgan bo‘lishi mumkin. Ulkan qabrlarda jangarilar tomonidan o‘ldirilgan ayollar, bolalar va keksalardan tashqari, ularga qo‘shilishni istamagan minglab politsiyachilar va harbiylar ko‘milgan bo‘lishi mumkin.
Endi ekspertlar qabrlardagi katta miqdordagi jasadlarni chiqarib olish masalasini hal qilishlari kerak. Tergovchilar va sud ekspertlarining ta'kidlashicha, qurbonlarning aniq sonini o‘rnatish genotsid va harbiy jinoyatlar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqish uchun zarurdir.
Mavzuga oid
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026
Iroqda Amerika samolyoti quladi
15:21 / 05.03.2026