Jahon | 08:20 / 06.11.2018
4149
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniya sohillari yaqinida 17 muhojir halok bo‘ldi
Ispaniya sohillari yaqinida 17 muhojir halok bo‘ldi. Dengizda qutqaruv xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 13 kishi Ispaniyaga yetishga urinish vaqtida Alboran dengizida cho‘kib ketgan, 4 kishi esa muhojirlar bo‘lgan qayiq qoyaga urilganda halok bo‘lgan.
Marokashdan Ispaniyaga dengiz orqali jo‘nagan bu qayiqdagi 40 kishi omon qolgan.
Yil boshidan O‘rtayer dengizi orqali Ispaniyaga 47 mingdan ko‘proq muhojir yetib kelgan. 567 kishi yo‘lda halok bo‘lgan.
Umuman yil boshidan Yevropaga dengiz orqali 98 ming kishi kelgan. 2 ming kishi yo‘lda halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:39 / 10.09.2024
Issiq havo tug‘ilish darajasini pasaytiradi - tadqiqot
08:36 / 10.09.2024
Ispaniya bosh vaziri Xitoy va YeI o‘rtasidagi savdo mojarosini bartaraf etishga urinib ko‘rdi
23:59 / 02.09.2024
Sevilyada noroziliklar: G‘arbiy Nil virusi besh kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi
17:50 / 24.08.2024