Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston vaziri: “O‘zbekiston va Tojikiston kabi do‘stlarimiz bor ekan, hech bir dushmandan qo‘rqmaymiz”
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Mamlakatning demokratik yangilanishi hamda modernizatsiyasida ayollarning roli: O‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» nomli xalqaro konferensiyada Afg‘onistonning ayollar masalalari bilan shug‘ullanuvchi vaziri Dilbar Nazariy Afg‘onistonning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari kundan-kunga yaxshilanib borayotganini ta'kidladi.

“Shukurki, Afg‘onistonning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari kundan kunga yaxshilanmoqda. O‘zbekiston va Tojikiston kabi do‘stlarimiz bor ekan, hech bir dushmandan qo‘rqmaymiz. Shunday ekan, mamlakatlarimiz ayollarining o‘zaro hamkorlikda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda yanada faollashishiga umid qilamiz”, deydi u.
Dilbar Nazariyning KUN.UZ muxbiriga ma'lum qilishicha, bugunga kelib Afg‘onistonda 4 nafar ayol vazir va 9 vazir o‘rinbosari faoliyat yuritadi, parlamentda – 27 foizi, davlat idoralarida – 23 foizi ayollar, elchilarning 5 nafari ayol, 40 foiz qiz umumta'lim maktablarida, 23 foiz qiz universitetlarda ta'lim olmoqda.
Foto: Dinara Chirkova
Vazir Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanning Afg‘oniston xotin-qizlariga ta'siri katta ekanini qayd etdi.
“Bu yerda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar bilan ko‘rishdim, ularning faoliyati bilan tanishdim. Xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra, hamkorlik kelishuvini imzolab, rejalarni hayotga tatbiq qilishga kirishamiz”, dedi Nazariy.
Mavzuga oid
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026