Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tili bo‘yicha o‘tgan 13-xalqaro konferensiyada O‘zbekiston fuqarosi g‘olib bo‘ldi
13-xalqaro xitoy tilini o‘qitish va tadqiq etish konferensiyasi hamda 1-xalqaro Pekin universiteti xitoy tili forumida eng innovatsion maqola egasi sifatida o‘zbekistonlik Jasur Yakubov tan olindi. Sinologlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu konferensiyaga bu safar Pekin universiteti mezbonlik qilgandi.


Konferentsiyada Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti hamda Pekin chet tillari universiteti doktoranti Jasur Yakubovning «Boshlang‘ich daraja guruhlari uchun mo‘ljallangan xitoycha-o‘zbekcha pedagogik lug‘atidagi morfoleksema va so‘zlar tasnifi hamda ularning grammatik belgilari» deb nomlangan maqolasi qatnashdi va g‘olib bo‘ldi.
G‘olibga sertifikat va katta miqdordagi pul mukofoti topshirildi.

Ma'lumot o‘rnida: Jasur Yakubov, hozirda, Pekin chet tillari universiteti professori Chen Guoxuaning rahbarligi ostida «Boshlang‘ich daraja guruhlari uchun mo‘ljallangan xitoycha-o‘zbekcha pedagogik lug‘atining tadqiqi va tuzilishi» mavzusida izlanish olib bormoqda.

Mavzuga oid
14:30 / 18.03.2026
Termizda O‘zbekiston–Rossiya konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
20:31 / 13.11.2025
YuNeSKO Bosh konferensiya yuqori darajada o‘tkazilgani tufayli O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi
08:05 / 30.09.2025
O‘zbekiston Aksilkorrupsiya tashabbusi a’zosiga aylandi
09:56 / 12.07.2025