O‘zbekiston | 17:20 / 09.11.2018
8468
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati Xotin-qizlar qӯmitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Xotin-qizlar qӯmitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qӯmitasi raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis senatori Sayyora Baratova, viloyat hokimi G‘ulomjon Ibragimov hamda qator yuqori tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Viloyat xotin-qizlar  qӯmitasining hamkor tashkilotlari vakillari va shahar-tumanlardan 300 nafardan ziyod delegat qatnashgan konferensiya ishi qizg‘in muhokama va tanqidiy ruhda ӯtdi.

Tanzila Norboyeva Prezident rahbarligi ostida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bir qatorda Xotin-qizlar hayoti va faoliyatiga e'tibor tubdan ӯzgargani, mavjud muammolarni hal etishga doir aniq yechimlar kӯrsatib berilayotgani va kӯplab imkoniyatlar yaratilayotganini alohida e'tirof etdi.

Ta'kidlash joizki, 2018 yilning fevralida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon imzolandi. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda davlat rahbari va hukumat tomonidan yana 14 ta hujjat qabul qilindi.

"Albatta, bu  islohotlarni hayotga izchil tatbiq etish Xotin-qizlar qӯmitalari raislaridan jonkuyarlik va tashabbuskorlikni talab etadi. Ayni vaqtda respublikamizning barcha hududlarida bӯlib ӯtayotgan konferensiyalarda ana shunday munosib nomzodlarga ovoz berilmoqda", - dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi hisobot-saylov konferensiyasida delegatlar tomonidan bir ovozdan Ozoda Abduqodirovna Parpiboyevaga ishonch bildirildi.

Mavzuga oid