Jamiyat | 15:35 / 09.11.2018
4702
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi Xitoydagi yoshlar assambleyasida ishtirok etmoqda

Xitoyning Dunfan shahrida bugundan o‘z ishini boshlagan “ShHT yoshlari ekstremizm va terrorizmga qarshi” mavzusidagi assambleyada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etishmoqda.

Foto: Yoshlar Ittifoqi

Besh kishidan iborat delegatsiya 9-11 noyabr kunlari yoshlar assambleyasida o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashib, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Belarus, Mo‘g‘ulistondan kelgan hamkasblari bilan birga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish borasida tajriba almashadi. Tadbirning birinchi kunida yoshlar assambleyasining ochilish marosimi bilan birga “ShHT modeli” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Foto: Yoshlar Ittifoqi
Foto: Yoshlar Ittifoqi
Foto: Yoshlar Ittifoqi

ShHTning terrorizmga qarshi kurashish hududiy bo‘linmasi delegatsiyasi – barcha ishtirokchi davlatlar va ularning manfaatdor tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga, birgalikda hududiy tinchlikni ta'minlashga raxna solayotgan tahdidlarga qarshi kurashishga tayyor ekanligi ma'lum qilindi. Bunda yoshlar orasida bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Internet tarmog‘ida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurashish, tahdidlar monitoringini kuchaytirish va terroristik faoliyatga aloqador shaxslar haqidagi ma'lumotlarni almashish taklif etildi.

Tashkilot tomonidan 2017 yil davomida 8584 ta terroristik akt holatlari qayd etilgani, bu esa 2016 yilgi ko‘rsatkichlardan 2566 taga kamaygani alohida ta'kidladi. Shuningdek, 2017 yida terroristlar tomonidan 18 753 nafar odam o‘ldirilganligi haqidagi statistik ma'lumotlar taqdim etildi. Mazkur masalaning o‘ta muhimligi inobatga olgan holda, ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan milliy va hududiy ittifoqlarning tashkil etilishiga kompleks yondashish taklif etildi.

Foto: Yoshlar Ittifoqi
Foto: Yoshlar Ittifoqi
Foto: Yoshlar Ittifoqi

Konferentsiyada ishtirokchi mamlakatlar ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi. Assambleya ishi davom etmoqda.

Mavzuga oid