Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda «Tolibon»ning ikki hujumi oqibatida 40 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston markazidagi G‘azna viloyatida «Tolibon» harakati hujumi oqibatida 25 kishi o‘ldirildi va 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda 1TV telekanali xabar bermoqda.
Toliblar 11 noyabrga o‘tar kechasi Jaguri okrugida hujum uyushtirgan. Hujum oqibatida halok bo‘lganlarning 10 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari va 15 nafar tinch aholi vakillaridir.
Afg‘oniston mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Al Jazeera telekanali xabariga ko‘ra, xuddi shu vaqtda mamlakat shimolidagi Bog‘lon viloyatida ham toliblar hujumi ro‘y bergan.
Harbiy bazaga hujum uyushtirgan jangarilar kamida 12 harbiyni o‘ldirib, 2 kishini o‘g‘irlab ketgan. Hujum oqibatida 3 harbiy jarohatlangan, harbiy bazaga o‘t qo‘yilgan.
Ma'lumot uchun, «Tolibon» ayni vaqtda Afg‘oniston hududining 50 foizga yaqin qismini o‘z ta'siriga olgan. Bundan tashqari, mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida IShIDga tobe kuchlar faollashgan.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
09:15 / 23.06.2026