Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» keyingi 20 yildagi eng yomon ko‘rsatkichini qayd etmoqda
Foto: Xavier Bonilla/NurPhoto via Getty Images
Ispaniya chempionatining 12-turida «Barselona» «Betis»ni qabul qildi. «Kamp Nou»da kechgan uchrashuvda maydon egalari 3:4 hisobida yutqazishdi.
Bu o‘yin «Barselona» uchun chempionatda qatorasiga 10-uchrashuvda kamida bitta gol o‘tkazgan o‘yin bo‘ldi. «Barselona» bunday noxush seriyani 1998 yilning sentabridan buyon qayd etmagandi. O‘shanda jamoani Lui van Gaal boshqargan, ko‘k-anorranglilar jamoasi chempionatda qatorasiga 12 o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazgandi.
Shuningdek, bu o‘yin «Barselona» keyingi 15 yil ichida ilk marta «Kamp Nou»da o‘z darvozasidan 4ta gol o‘tkazib yuborgan o‘yin bo‘ldi.
Kataloniyaliklar oxirgi marta 2003 yilning aprelida, «Deportivo»ga qarshi o‘yinda 2:4 hisobida yutqazgandi.
Kataloniyaliklar uchun bugungi o‘yin Ispaniya chempionatida keyingi 6 o‘yindagi ilk mag‘lubiyatli o‘yin bo‘ldi. Bungacha amaldagi chempionlar 3 uchrashuvda g‘alaba qozonib, 2 bor durang o‘ynashgandi. «Betis» esa «Barselona»ni mag‘lub etish orqali 4 uchrashuv davom etgan g‘alabasiz seriyasiga yakun yasadi.
Bundan tashqari, bu mag‘lubiyat kataloniyaliklar jamoasi safida Lionel Messi kamida ikkita gol urgan o‘yinda ilk marta mag‘lub bo‘lishidir.
Endilikda «Barselona» 24 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Betis» 16 ochkosi bilan 12-o‘rinda joylashgan.
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026