Xitoy tabiiy gaz importi bo‘yicha yetakchiga aylandi
Xitoy dunyoda ekologik tozaroq yonilg‘iga talab oshayotgani hamda Yaponiyada yadroviy reaktorlar qayta ishga tushirilayotgani ortida kunchiqar davlatni ortda qoldirib, eng yirik tabiiy gaz importchisiga aylandi.
Xitoy bojxona xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda joriy yilning yanvar-oktabr oylari gaz quvurlari orqali va suyultirilgan gaz ko‘rinishida import qilingan tabiiy gaz hajmi 72,06 mln tonnani – 2017 yildagiga nisbatan 30 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.
Yaponiya esa shu davr ichida 69,25 mln tonna tabiiy gaz import qilgan. Bu 2017 yilning ilk 10 oyidagidan 17 foiz kamroqdir. Ta'kidlanishicha, Yaponiya barcha gazni suyultirilgan ko‘rinishda oladi.
FGE firmasining energetika bo‘yicha tahlilchisi Edmund Syauning aytishicha, Xitoy tomonidan gaz importi hajmi oshishi ko‘mirdan energiyaning ekologik tozaroq manbasi sifatida tabiiy gazga o‘tishga intilishi bilan bog‘langan. “Bu orada Yaponiyada yadroviy reaktorlar o‘z ishini davom ettirishni boshlamoqda, bu esa gaz elektr energiyasiga talabni kamaytiradi va jumladan, suyultirilgan gazga ham”, deb aytgan mutaxassis.
Xitoy ayni vaqtda dunyoda eng yirik neft va ko‘mir importchisi hamda AQSh va Rossiyadan keyin dunyodagi 3-raqamli gaz iste'molchisi hisoblanadi. Xitoy ichki talabni qondirish uchun 40 foizga yaqin gazni boshqa davlatlardan sotib oladi.
Mavzuga oid
17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
20:55 / 23.08.2024
Toshkentning qoq markazidan murojaat: Yosh bolalarimiz bor, qachongacha issiq suvsiz o‘tiramiz?
20:30 / 04.08.2024
Avstriya 2027 yilga borib Rossiya gazidan voz kechadi
22:20 / 12.06.2024