Televideniye borki seriallar ham bor. Turli yillarda özbek tomoşabinlar «Kanizak Izaura», «Boylar ham yiğlaydi», «Oddiy Mariya», «Esmeralda» kabi seriallar qahramonlarining taqdiri uçun kuyib yonişdi. Ayniqsa, töqsoninçi yillarda namoyiş etilgan, boşi-yu oxiri yöq «Santa-Barbara» özining uzluksizligi bilan abadiy davom etadigandek taassurot qoldirgandi. Özbek tomoşabinlari sönggi yillarda avval koreys, söngra hind va oxir-oqibat turk seriallarini sevib tomoşa qilişyapti. Ammo yuqorida nomi keltirilgan seriallarning birortasi davomiyligi böyiça önlikka ham kirişmaydi.

Yaxşiyamki, quyidagi kuçli beşlik seriallari bizda namoyiş etilmagan. Bölmasa, ular har kuni köpçilikning vaqtini bekorga sovuriş böyiça qançadan qança mojaro-yu şov-şuvlarga sabab bölarmidi. Axir, biror serialni tanlaş va muntazam tomoşa qiliş «ança mas'uliyatli» masala. Çunki, tomoşabin har kuni buning uçun boşqa işlardan keçib ma'lum vaqt ajratişi, öşa qahramonlar uçun kuyunişi zarur-da! Keling, yaxşisi reyting bilan tanişamiz.

5.  «Yoş va çörtkesarlar» (1973 yildan buyon davom etmoqda)

«Yoş va çörtkesarlar» («The Young and the Restless») seriali 1973 yildan boşlab turli telekanallarda, turli vaqtlarda efirga uzatib kelinmoqda. Agnes Nikson muallifligidagi serial voqealari Viskonsin ştatidagi öylab topilgan Genuya Siti şahrida keçadi va badavlat Bruks va kambağal Fosterlar oilasining munosabatlari asosida boşlangan. Keyinçalik, özaro raqobatga Nyumenlar va Ebbotlar oilasi qöşiladi. Dastlab bu serial haftasiga 5 marta, 30 daqiqadan uzatilgan. 1980 yildan buyon bir soatdan namoyiş etilmoqda va yuqori reytinglardan birini egallab turibdi.

4. «Barça farzandlarim» (1970 – 2011 yillar)