Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan joylarda firibgarlik bilan boğliq holatlar aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi.
DXX xabariga köra, Toşkent şahrida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan fuqaro özini göyoki «Özbekfilm» davlat unitar korxonasida mas’ul lavozimda işlovçi şaxs sifatida taniştirib, Toşkent viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasasida jazo ötayotgan mahkuma ayol hayotiga bağişlangan köp qismli serialni suratga oliş uçun Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengaşda işlovçi tanişlari orqali ruxsat olib beriş evaziga 20 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga qaraşli Janubiy kon boşqarmasining bölim boşliği örinbosari Qöşrabot tumanida yaşovçi 2 nafar fuqaroni uşbu kon boşqarmasiga işga kiritib qöyiş evaziga 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, mazkur şaxs 2023 yilning sentabr oyida “Zarmitan” koniga işga joylaştirib qöyişini aytib, Qöşrabot tumanida istiqomat qiluvçi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming AQŞ dollari olgan va öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda konsalting firma rahbari özining yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali, poytaxtlik fuqaroga çet tilini biliş böyiça milliy sertifikat olib berib, uni Toşkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqiçiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 3500 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda uçala şaxsga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan.








