Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falokatga uchragan norveg fregati suvga g‘arq bo‘ldi
8 noyabrda Maltaga qarashli Sola TS neft tankeri bilan to‘qnashib ketgan, Norvegiya harbiy-dengiz kuchlarining Helge Ingstad fregati deyarli to‘liq suv ostiga ketdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
Fregat NATOning Trident Juncture 2018 mashg‘ulotlaridan qaytayotgan bo‘lgan. To‘qnashuvdan keyin fregat sardori uni saqlab qolish maqsadida sayozlikka o‘tkazmoqchi bo‘lib sohilga yo‘naltirgan. Biroq to‘qnashuv oqibatida o‘ng korpusidan 10 metrlik yoriq olgan kema cho‘ka boshlagan. Kema sohil yaqinida o‘ng tomoniga yonboshlab, katta qismi suv ostiga ketgan. Qutqaruvchilarning kemani sohilga po‘lat troslar bilan mahkamlash va uni buksirlar yordamida muvozanatlashga barcha urinishlari hech qanday natija keltirmagan.
Oxirgi e'lon qilingan suratlarga ko‘ra, hozirda suv ustida fregatning uchi va antennasigina ko‘rinib turibdi.
Norvegiya OAVning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda hukumat to‘qnashuv sabablarini tergov qilmoqda. Jumladan, 650 mln dollar turuvchi, suvda, suv ostida va havodagi nishonlarni kuzatish va qidirishga mo‘ljallangan eng zamonaviy tizimlar bilan jihozlangan jangovar kema nima uchun tankerni payqamagani sababi o‘rganilmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, tanker jamoasi yaqinlashib kelayotgan fregatni payqaganda ham kattaligi sababli yo‘nalishini o‘zgartira olmasdi, biroq yuqori manyovrlikka ega fregat to‘qnashuvdan osongina qochib qutilishi mumkin edi.
Mavzuga oid
08:30 / 29.11.2025
Turkiya qirg‘oqlari yaqinida RF “soya floti”ga tegishli ikki kema yonib ketdi
13:51 / 02.10.2025
Fransiya Rossiyaning «soyadagi» tankeri ekipaji ikki a’zosini qo‘lga oldi
07:20 / 26.08.2025
Kabellar uzilishi: Eagle S tankeri kapitani Finlandiyada sud qilinmoqda
07:26 / 04.08.2025