KUN.UZ sayti tahririyati lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi atrofida keçayotgan qizğin muhokamalar va ba'zi savollarga javob oliş maqsadida Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori Şuhrat Sirojiddinov bilan suhbat uyuştirdi.
Video: Youtube.com
Video: Tas-IX
KUN.UZ: Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga özgartiriş kiritiş, maxsus loyiha va Harakatlar rejasi işlab çiqilişi uçun zaruriyat bormidi?
Şuhrat Sirojiddinov: Birinçidan, sönggi yillarda özbek tilining qöllanişida, taşkilotlarda özbek tilida iş yuritiş masalalarida kamçiliklar bor. Bundan taşqari, axborot texnologiyalarining özbek tilida joriy etiş masalalarida qöşni davlatlardan oqsab qolayotganimiz rost. Uçinçidan esa köçalardagi e'lonlar, peşlavhalar, köçalarda közga tez taşlanuvçi yozuvlardagi nuqsonlar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini özgartirişni kun tartibiga qöydi.

KUN.UZ: Ötgan yillar davomida, turli tizimlar, turli tuzumlar davrida yozuvlar alifboda bir neça özgarişlar böldi. Aholi bunday özgarişlardan bezib qolişi ham mumkin, şu töğrida qanday fikrdasiz?
Şuhrat Sirojiddinov: Özgarişlardan bezib qolgani rost, çunki şu yuz yil davomida bir neça bor alifbo özgartirilgani xalqning savodxonlik darajasiga ta'sir qilmay qöymaydi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida lotin yozuvidagi alifbosi ikki marta – dastlab, 1993 yilda, söng ikki yil ötib yana özgartirildi. 23 yil davomida tildagi nuqsonlarni töliğiça bartaraf eta olmayapmiz.
Bu birinçidan, qonun ijrosi ta'minlanmaganidandir. Bugungi kunda mazkur holat köçalarda, xalq savodxonligida, şuningdek, taşkilotlarda haligaça ikki tilda iş olib borilişida yaqqol közga taşlanyapti. Albatta, bu ziyolilar örtasida norozilik uyğotyapti. Biz bu borada prezidentning virtual qabulxonasiga yozilgan murojaatlarni köryapmiz, yoşlarning ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarini öqiyapmiz.
















