Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy: «Savdo urushi deyarli ta'sir ko‘rsatmadi»
Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan savdo urushi Xitoy iqtisodiyotiga deyarli ta'sir ko‘rsatmadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi rasmiy vakili Lyu Ayxua ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Qo‘shma Shtatlar tomonidan Xitoy iqtisodiyotiga bosim ko‘rsatishi kerak bo‘lgan savdo-iqtisodiy qadamlar ta'siriga keladigan bo‘lsak, umuman olganda, u juda kam effektga ega bo‘ldi», - dedi Ayxua.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, ayni paytda Xitoy iqtisodiyotiga birdaniga bir nechta «tashqi beqaror omillar» bosim o‘tkazyapti. Birinchidan, bu xalqaro bozorlarda keng turdagi tovarlar narxining o‘zgarib borishi.
Ayxuaning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati mamlakat ichkarisida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, ichki iste'mol uchun rag‘bat yaratishni mo‘ljallamoqda. Pekinning fikricha, aynan shu iqtisodiyotini rivojlantirish uchun asosiy turtki bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan sovuq urushga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi.
Uning aniqlik kiritishicha, prezident Donald Tramp Xitoy bilan munosabatlarni yaxshilashga tayyor, biroq, agar Pekin o‘z siyosatini o‘zgartirmasa, Amerika Qo‘shma Shtatlari aksincha choralarni ham ko‘rishga tayyor turibdi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026