«Lukoyl» O‘zbekistondagi loyihalar hisobidan gaz qazib olishni ko‘paytirdi
Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi tomonidan gaz qazib olish hajmi o‘sishi asosan O‘zbekistondagi gaz loyihalarini rivojlantirish bilan bog‘liq, deyiladi kompaniya xabarida.
«Lukoyl» guruhi tomonidan gaz qazib olish hajmi 2018 yilning 9 oyi mobaynida 24,6 milliard kub.m.ni tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 19,2% ga ko‘p. 2018 yilning uchinchi choragida gaz qazib olish 8,5 milliard kub.m.ni tashkil etdi, bu o‘rtacha kunlik ko‘rsatkich bo‘yicha 2018 yilning ikkinchi choragi darajasidan 3,6% ga yuqori.
«Gaz qazib olish hajmi o‘sishida O‘zbekistondagi loyihalarning muvaffaqiyatli rivojlanishi asosiy omilga aylandi. Gaz tayyorlash bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushirilishi natijasida «Lukoyl» guruhining Qandim va Hisor loyihalari bo‘yicha qazib olishdagi ulushi 2018 yil 9 oyi mobaynida 9,6 milliard kub.m.ga yetdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 84% ga ko‘p», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabar qilinishicha, sentabrda Qandim gazni qayta ishlash kompleksi yiliga 8 mlrd kub.m.lik loyihaviy quvvatga yetdi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024