Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev Kristian Lange bilan uchrashdi. Germaniya O‘zbekistonga ko‘maklashishga tayyor
Foto: senat.uz
2018 yil 13 noyabr kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Germaniya Federativ Respublikasi parlament davlat kotibi, adliya vaziri o‘rinbosari Kristian Lange boshchiligidagi Adliya va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni kuchaytirish, demokratik huquqiy davlat qurishda va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilganidek, huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlarning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta'minlashda ularning rolini kuchaytirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar respublikaning demokratik rivojlanish, ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlash tamoyillariga sodiqligini namoyon etmoqda.
Delegatsiya a'zolari O‘zbekistondagi barcha sa'y-harakatlarni ijobiy baholadi va bundan buyon ham qo‘yilgan maqsadlarga erishishda ko‘maklashishga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Zamonaviy jamiyatni barpo etishda ma'muriy yurisdiksiya nuqtai nazaridan Germaniya Bundestagi to‘plagan tajriba muhimligi va germaniyalik mutaxassislar o‘z tajribasini o‘zbekistonlik hamkasblari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026
Neft, gaz va o‘g‘it: Ho‘rmuz sabab RF daromadlari keskin oshishi mumkin
17:15 / 23.03.2026
Germaniyada temiryo‘lga qo‘yilgan beton plitalar poyezd avariyasiga sabab bo‘ldi
14:12 / 23.03.2026