Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi ilmiy-diagnostika laboratoriya markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Parrandasanoat” uyushmasining Uyushma huzurida barcha parranda xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi zamonaviy ilmiy-diagnostika laboratoriya markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
parranda kasalliklarining oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishning samarali mexanizmini ishlab chiqish;
parrandalarni oziqlantirish uchun ilmiy asoslangan me'yorlarni ishlab chiqish;
barcha turdagi parranda go‘shti va tuxum mahsulotlarini qayta ishlovchi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish;
parrandachilik mahsulotlarining biologik va ekologik xavfsizligini ta'minlash, parrandalarni boqish va ularga berilayotgan ozuqa bazasining tarkibi va sifatini monitoring qilish;
barcha turdagi parranda go‘shti va tuxumlaridan foydalangan holda umumiy, bolalar, parhez va maxsus ovqatlanishning yangi turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan texnologik jarayonlarni ishlab chiqish;
parrandachilik xo‘jaliklari texnologik loyihalari me'yorlarini ishlab chiqish va ilmiy asoslash.
Toshkent viloyati hokimligi ilmiy-diagnostika biolaboratoriya markazini joylashtirish uchun Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Tinchlik massividan umumiy maydoni 1 gektar bo‘lgan yer uchastkasini ajratadi.
“Parrandasanoat” uyushmasi ilmiy-diagnostika biolaboratoriya markazini zarur bo‘lgan zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026