Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Xo‘jayev MOMIH vazirlik yig‘ilishida ishtirok etadi
O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev 15 noyabr kuni Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining (MOMIH) 17-vazirlar konferensiyasida ishtirok etadi.
Bu yilgi anjumanning mavzusi «MOMIH 2030: Savdoni kengaytirish va diversifikatsiyaga ko‘mak ko‘rsatish», deya xabar beradi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Tashrif doirasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) rahbarlari, shuningdek, MOMIH konferensiyasida ishtirok etadigan mamlakatlarning yuqori martabali vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
MOMIH 1997 yilda Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish maqsadida OTB tomonidan tashkil etilgan.
Dastur moliyalashtirishi mintaqalar ichi va tashqarisida aloqa hamda savdo-sotiqni kuchaytirish maqsadida 6 ta transport yo‘li loyihasi doirasida 8592 kilometr avtomobil yo‘llari va 5103 kilometrdan ortiq temir yo‘llarni qurish yoki rekonstruksiya qilishga qaratilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026