Jahon | 19:41 / 15.11.2018
9482
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidenti ASeAN sammiti tadbirlarida ishtirok etish o‘rniga uxlashni afzal ko‘rdi

Foto: Bullit Marquez / AP

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Singapurda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN) sammitining bir nechta tadbirlarida ishtirok etish o‘rniga uxlashni afzal ko‘rdi. Bu haqda Rappler ma'lum qildi. 

Duterte hammasi bo‘lib 5 ta tadbirni o‘tkazib yuborgan va ularga bormaganini uxlab olishga qaror qilgani bilan tushuntirgan. Uning aytishicha, natijada u baribir to‘yib uxlay olmagan, biroq ish kunini o‘tkazib yuborgan. “Uxlab olgan bo‘lsam nima bo‘libdi?”, – deb taajjublangan 73 yoshli prezident. 

Filippin muxolifatidan senator Antonio Triyanes Dutertening bu ishini tanqid qilib, prezidentning uchrashuvlarga borish o‘rniga kuniga bir necha marta uxlab olishi xavotir uyg‘otishini aytgan. “Bu ikki narsani anglatishi mumkin: yoki u o‘z majburiyatlarini bajarish uchun juda keksalik qiladi, yoki bu shunchaki dangasalik va mas'uliyatsizlik. Har qanday vaziyatda, bu davlatimiz uchun katta muammo”, – deb aytgan muxolifatchi.

Filippin yetakchisi o‘zining keskin so‘zlari va “andisha qilib o‘tirmasligi” bilan ma'lum bo‘lib, sentabrda mamlakatda narkobiznesga qarshi kampaniya vaqtida odamlarni sudlovsiz o‘ldirganini tan olgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid