Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati muhojirlarga uylariga qaytishlari uchun moliyaviy yordam taklif qildi
Illyustrativ foto
Germaniya hukumati 31 dekabrgacha o‘z xohishi bilan vatanlariga qaytish istagini bildirgan muhojirlarga vatanlaridagi yangi turar joyning bir yillik ijarasini to‘lab berishni taklif qildi.
Germaniya ichki ishlar vazirligi Berlin metrosida ulkan bilbordlar joylashtirib, ularda yo‘lovchilarga nemis, ingliz, arab va rus tillarida yangi yil oldi taklifi bilan murojaat qilgan. Bu taklifga ko‘ra, vatanlariga qaytishga rozi bo‘ladigan muhojirlarga yangi joyning 12 oylik ijarasi uchun qo‘shimcha nafaqa to‘lanishi aytilgan. Germaniya moliyaviy rag‘batlar bilan muhojirlarni Germaniyadan ko‘ngilli tarzda ketishga ko‘ndirmoqchi.
Mamlakatni ko‘ngilli tarzda tark etishga rozi bo‘ladiganlar aviachipta xarid qilish va vatanlarida joylashib olish uchun moliyaviy yordam oladilar. Germaniya hukumatiga bu jamoat fikri nuqtai nazaridan ham (majburiy deportatsiya huquqni himoyalash tashkilotlari tomonidan tanqidga sabab bo‘lmoqda), moliyaviy tomondan ham naflidir.
2018 yilning 1-yarmida Germaniyani 10699 kishi o‘z xohishi bilan tark etgan. Majburan esa 12261 kishi deportatsiya qilingan. Muhojirlarning ko‘ngilli tarzda ketishi ularni majburiy deportatsiya qilishdan ko‘ra insonparvarroqdir – hech qanday politsiya eskorti, samolyotga majburiy ravishda o‘tkazishlar bo‘lmaydi.
Germaniya hukumatining baholashicha, bir muhojirning majburiy deportatsiya qilinishi o‘rtacha 1500 yevroga aylanadi. Agar muhojirlar o‘zlari ketadigan bo‘lsalar, bu qiymat yarmiga – 700 dollargacha kamayadi.
Mavzuga oid
09:26 / 07.05.2026
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026