Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavfsizlik masalalarini o‘rganuvchi Yevropa markazi xodimi O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida dars bermoqda
Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi professor Gregori Glison O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasining professor o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari bilan yangi «Xalqaro xavfsizlik» nomli kurs ustida hamkorlikda ish olib bormoqda. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Ushbu kurs joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Gregori Glison qo‘shma nazariy mashg‘ulotlar doirasida Qurolli Kuchlar akademiyasi qo‘mondonlik-shtab fakulteti tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari uchun mintaqa va xalqaro xavfsizlikka oid dolzarb masalalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Glison xavfsizlik masalalari tadqiqoti markazi professori hisoblanadi, u Kaliforniya universitetida politologiya bo‘yicha doktorlik darajasini olgan. Ilmiy-pedagogik faoliyatini Nyu-York, Mayami va Nyu-Meksika universitetlarida «Politologiya», «Davlat boshqaruvi va iqtisod» hamda «Xalqaro munosabatlar» yo‘nalishida olib borgan. Xalqaro munosabatlar va siyosiy rivojlanish bo‘yicha ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasi AQSh quruqlikdagi qo‘shinlar Qo‘mondonlik-shtab kolleji hamda Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi bilan so‘nggi yilda «Harbiy ta'limni takomillashtirish» va «AQSh Mudofaa vazirligi maslahatchisi» kabi dasturlarini ishga tushirdi.
Mavzuga oid
22:38 / 08.04.2026
Muddatli harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga imtiyoz va kafolatlar beriladi
18:12 / 07.04.2026
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, g‘olibga elektromobil beriladi
21:47 / 06.04.2026
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
18:43 / 03.03.2026