Öziga işongan va hayotdan zavq oladigan şaxsni anglatuvçi brat sözi Collins luğati tomonidan 2024 yil sözi deb e’lon qilindi. U joriy yil ruhini aks ettiruvçi 10 ta söz orasidan birinçi örinni egalladi. Röyxatdagi köplab atamalar yoşlar jargoni va ijtimoiy tarmoqlardan kelib çiqqan. Bu haqda luğat blogida xabar berildi.

Collins ta’rifiga köra, brat sözi öziga işongan, yorqin şaxsni ifodalaydi. Bunday şaxs mustaqil va huzur-halovatga yönaltirilgan turmuş keçiradi. Mazkur söz erkinlik, öziga işonç va öz-özini ifodalaşning ramziga aylangan, bu esa butun dunyo böylab odamlarda öz aksini topmoqda. Atama britaniyalik qöşiqçi Çarli XCX albomidan söng keng ommalaşdi.

“Bu şunçaki muvaffaqiyatli albom emas, balki butun dunyo böylab odamlar tomonidan e’tirof etilgan madaniy hodisa, brat summer esa öziga xos estetika va turmuş tarziga aylandi”, — deb ta’kidladi luğat tuzuvçilar.

Top öntalikka era (Taylor Sviftning Eras safaridan ilhomlangan) va TikTok’da maşhurlikka erişgan yapping (ortiqça safsata) kabi ommabop atamalar ham kirdi. Trenddagi sözlar orasida, çiroyli körinişga intiliş ma’nosini anglatuvçi looksmaxxing va delulu (delusional sözidan qisqartma – “haqiqatdan uzilib qolgan” ma’nosini beradi) ham bor.

Röyxatga brainrot sözi ham kiritilgan — bu haddan taşqari köp memlar va boşqa “bir soatdan keyin unutiladigan” kontentni iste’mol qiliş natijasida paydo böladigan ong xiralaşuvini ifodalaydi.

Collins boşqaruvçi direktori Aleks Bikroft ta’kidlaşiça, röyxatning şakllanişiga Z va Alfa avlodlari vakillari katta ta’sir körsatgan.

Collins English Dictionary — Harper Collins naşriyoti tomonidan naşr etiladigan ingliz tili izohli luğati. Tahririyat har yili noyabrda “Yil sözi”ni e’lon qiladi. 2020 yilda “lokdaun”, 2023 yilda esa “sun’iy idrok” yil sözi deb topilgandi.