Kollinz luğatiga köra, 2023 yil sözi “sun’iy idrok” (AI - artificial intelligence) sözining qisqartmasi bölgan. Luğat bu sözga “insonning aqliy qobiliyatini kompyuter dasturlari yordamida modellaştiriş” deb ta’rif bergan.

Sun’iy idrok böyiça onlayn qidiruvlar 2022 yil noyabrda ChatGPT işlay boşlagandan beri ança oşgan. 2030 yilgaça sun’iy intellekt bozori 800 foizga, 1,8 trln dollarga ösişi taxmin qilinyapti.

Oksford luğati esa hali yil sözini tanlamadi. Unga köra, tanlanadigan yil sözi aynan şu yilning özida öylab topilgan bölişi şart emas. Biroq şu muddat davomida e’tiborda bölgan va taniqli söz bölişi kerak. Luğat tez orada bu söz tanlab olinib e’lon qilinişini bildirgan. Merriam-Webster luğati ham hali yil sözini tanlamadi.

Kembrij luğati esa "gallyutsinatsiya qilmoq" (hallucinate) sözini 2023 yil uçun tanladi. Bu söz ham sun’iy intellektga oid tarzda tanladi. Sun’iy intellekt gallyutsinatsiya qilsa, u yolğon axborot işlab çiqarayotgan böladi.

Luğatning yozişiça, sun’iy intellektdan foydalanişning ommalaşişi sabab “gallyutsinatsiya” sözining unga oid yangi ma’nosi işlatila boşlandi va luğatga kiritildi.

Ma’lumot uçun: 2022 yilda Kollinz luğati “permainqiroz” sözini yil sözi sifatida tanlagan. Bu söz bilan pandemiya, ob-havo şaroitining oğir kelişi, Ukrainadagi mojaro, 2022 yildagi boşqa dahşatli voqealarni izohlagan. Merriam-Webster luğati esa ötgan yili “gazlayting” sözini “yil sözi” sifatida tanlagan.