Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida reydlar. Yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar aniqlanmoqda
Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati
Toshkent viloyati IIB YHX boshqarmasi va uning joylardagi bo‘lim, bo‘linmalari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida haydovchilar bilan bugungi kunda yo‘lovchi tashish faoliyatidagi shart-sharoitlar va imkoniyatlarning mazmun-mohiyati tushuntirilgan holda targ‘ibot suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat IIB YHX boshqarmasining Kun.uz’ga xabar berishicha, reydlar tashkil etilib, ular davomida yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanayotgan haydovchilar aniqlanmoqda va ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 14 noyabr kuni viloyatning Bekobod shahrida o‘tkazilgan reydlarda 10 nafar hamda Yuqori Chirchiq tumanida 8 nafar haydovchi yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shug‘ullanayotganliklari aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Reydlar davomida ayrim haydovchilar tomonidan xodimlarga asossiz e'tirozlar bildirish, qolaversa xizmat vazifasini bajarishga qarshilik ko‘rsatish holatlari uchramoqda.
Misol uchun, Yuqori Chirchiq tumanida haydovchi A.X. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasi to‘xtatilganda, haydovchi tegishli hujjatlarni taqdim qilmasdan, xodimlarning xizmat faoliyatini davom ettirishga qarshilik ko‘rsatganlik holati yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va shu kunning o‘zida Yuqori Chirchiq tuman ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MjTKning tegishli moddalariga asosan ko‘rib chiqilib, haydovchi A.X.ga nisbatan 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
21:34 / 08.04.2026
Toshkent viloyatida 400 gektar maydonda xalqaro innovatsion tibbiyot shaharchasi barpo etiladi
19:24 / 07.04.2026
Toshkent viloyatida bolani uxlamagani uchun haqoratlab, urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
18:54 / 06.04.2026
Chegaradan ko‘p miqdordagi giyohvand moddalar olib kirilishiga chek qo‘yildi
07:51 / 02.04.2026