Toshkent viloyatida turizm obektlari barpo etish uchun yer uchastkalari tanlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kuni kecha qabul qilingan (2018 yil 15 noyabrdagi) “2018 yilning 19-21 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan turizm sohasiga oid birinchi Xalqaro investitsion forumni samarali o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 931-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Turizm industriyasiga investitsiyalar” I Xalqaro forumida Toshkent viloyatining munosib ishtirokini ta'minlash, salohiyatli investorlarni jalb qilish orqali turizm obektlarini barpo etish uchun yer uchastkalari tanlandi.
Yer uchastkalarini aniqlash bo‘yicha tashkil qilingan hududiy ekspert guruhi tomonidan taklif sifatida viloyat bo‘yicha umumiy maydoni 541,1 gektarni tashkil qiluvchi 137 ta yer uchastkasi aniqlandi.
Mazkur yer uchastkalari Angren shahrida 9 ta, Nurafshon shahrida 6 ta, Parkent tumanida 22 ta, O‘rtachirchiq tumanida, 25 ta, Quyichirchiq tumanida 4 ta, Oqqo‘rg‘on tumanida 9 ta, Olmaliq shahrida 5 ta, Yuqorichirchiq tumanida 3 ta, Yangiyo‘l shahrida 1 ta, Pskent tumanida 21 ta va Bo‘stonliq tumanida 27 tani tashkil qilinadi.
Ekspert guruhi tomonidan tanlangan yer uchastkalarida qurilishi taklif etiladigan turistik obektlar (mehmonxona, dam olish maskani, akvapark, tematik park, zamonaviy restoranlar, madaniy-ko‘ngilochar obektlar, ekstremal turizm maskanlari, sanatoriylar va boshqalar) turi va investitsiya majburiyatlarning dastlabki qiymatlari taklif qilinmoqda.
Yer maydonlari investorlarga investorlarni jalb qilish natijasida Toshkent viloyatida eng zamonaviy turistik obektlarning barpo etilishi va 3 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarining yaratilishi kutilmoqda
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024