Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinaning izsiz g‘oyib bo‘lgan suv osti kemasi yo‘qolgan joyda yirik obekt topildi
2017 yilda Argentinaning «San-Xuan» suv osti kemasi izsiz g‘oyib bo‘lgan hududda yirik o‘lchamdagi obekt topildi. Bu haqda La Nacion gazetasi mamlakat harbiy-dengiz kuchlariga asosan xabar tarqatdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, topilmaning uzunligi taxminan 60 metr bo‘lib, 800 metrlik chuqurlikda joylashgan.
Ta'kidlanishicha, obekt Amerikaning Ocean Infinity kompaniyasi tomonidan topilgan, hozirda Seabed Constructor kemasi suv osti qurilmasi yordamida uni tekshirish uchun topilma joyiga yo‘l olmoqda.
Bortida 44 kishi bo‘lgan suv osti kemasi 2017 yil 15 noyabrda izsiz g‘oyib bo‘ldi. Kema hozirgacha topilmadi. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, suv osti kemasi bortida trotil ekvivalentida 100 kg.dan ortiqroq bo‘lgan kuchdagi portlash yuz bergan.
Mavzuga oid
15:40 / 12.07.2026
JCh kundaligi. Yana fantastik o‘ynagan Jud, yana qiynalgan Argentina va Emboloda ahmoqona qizil
23:11 / 22.06.2026
Messi - jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar
18:49 / 06.05.2026
Kruiz laynerda tarqalgan hantavirus. Nimalar ma’lum?
21:31 / 08.04.2026