Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APEC sammiti ilk marta yakuniy deklaratsiya qabul qilmadi, sammitning keyingisi Chilida bo‘lib o‘tadi
Osiyo va Tinch okean mintaqasi davlatlarining 1993 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinayotgan va navbatdagisi Papua — Yangi Gvineyada yakunlangan APEC (Asia-Pacific Economic Cooperation — Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi) sammiti yakunlariga ko‘ra ilk marta deklaratsiya qabul qilinmadi, deb yozadi The Straits Times.

Nashrga ko‘ra, Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlarining jahon savdosi prinsiplari ustida bahslashib qolgani bunga sabab bo‘lgan.
Yakuniy matbuot anjumanida jurnalistlar yakuniy rezolyutsiya qabul qilinmagani sababini bilish uchun Papua — Yangi Gvineya bosh vaziri Piter O’Nilga murojaat qilishgan. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobdan qochgan, biroq «Mana shu zaldagi ikkita gigantni hammalaring yaxshi bilasizlar-ku?» — degan.
«APEC yetakchilari turli tahdidlar mavjudligini tan olishdi. Ular tovarlar hamda xizmatlar savdosi masalasiga doir ziddiyatlar borligini ham e'tirof etishdi… Biroq APEC yetakchilari notenglikni pasaytirish, iqtisodiy diversifikatsiyani ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarga diqqat qaratishmoqda. Shuningdek, savdo hajmi oshishi uchun uning yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun hamkorlik qilishmoqda», — degan Piter O’Nil.
«APEC mamlakatlari Bogor maqsadlariga yetishish yo‘lidan og‘ishmay harakat qilishmoqda», deya qo‘shimcha qilgan Papua — Yangi Gvineya bosh vaziri.
Bogor maqsadlari — APEC davlatlari yetakchilari tomonidan 1994 yilda Indoneziyaning Bogor shahrida qabul qilingan dasturiy hujjatdir. Unga ko‘ra, 2020 yilga kelib mintaqada «erkin va ochiq savdo-investitsion faoliyat»ni yo‘lga qo‘yish maqsadi ko‘zda tutilgan.
RIA Novostining xabar berishicha, «Bahstalab punktlari — Bogor maqsadlari, JST va savdo amaliyotlariga oid qismlar tushirib qoldirilib, deklaratsiyaning qisqartirilgan varianti baribir qabul qilingan».
Ayni paytda APEC’ga 21ta davlat a'zo. Ularning aksariyati Tinch okeani sohiliga ega davlatlardir. Tayvan (Xitoy Taypeyi) Xitoyning to‘liq ma'qullovidan so‘ng qo‘shilgan kamdan-kam xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. Buning natijasida APEC’da a'zo-davlatlar emas, a'zo-iqtisodiyotlar termini qo‘llaniladi.
Papua — Yangi Gvineyada o‘tgan APEC’ning mazkur Sammiti hisob bo‘yicha yigirma oltinchisidir. Navbatdagi sammit 2019 yilda Chilida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:53 / 16.04.2026
AQSh Senati Eron bilan urushni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyani rad etdi
21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi
20:33 / 28.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi
23:58 / 24.02.2025