24 iyun kuni bölib ötgan ovoz beriş yakunlariga köra, rezolyutsiyani YeKPAning 83 nafar a’zosi qöllab-quvvatladi. Beş nafar deputat qarşi ovoz bergan bölsa, yana tört kişi betaraf qoldi.
Qabul qilingan hujjatda YeKPA Gurjistonda fuqarolik jamiyati, siyosiy muxolifat va boşqaça fikr bildiruvçilarga bosim kuçayib borayotganidan jiddiy xavotirda ekani qayd etilgan.
Assambleya Gurjiston hukumatini muxolifat yetakçilariga nisbatan ta’qiblarni töxtatişga, demokratiyaga salbiy ta’sir körsatayotgan deb baholanayotgan qonunlarni bekor qilişga hamda mamlakatda erkin, oçiq va demokratik saylovlar ötkaziş uçun zarur şaroitlarni ta’minlaşga çaqirdi.
Rezolyutsiyada Yevropa kengaşiga a’zo davlatlar demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga oid majburiyatlarni bajarişi şart ekani ta’kidlangan. Şuningdek, ta’lim sohasida akademik erkinlikka ta’sir körsatuvçi islohotlar hamda jurnalistlarga nisbatan transmilliy ta’qiblar ham tanqid qilingan.
YeKPA Gurjistonda namoyişlar vaqtida politsiya tomonidan qöllangan ehtimoliy zöravonlik holatlarini xolisona tergov qilişga çaqirdi. Şu bilan birga, mamlakat hukumati Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi qarorlari va YeXHT tavsiyalariga amal qilişi lozimligi ta’kidlandi.
Assambleya bayonotida Gurjistonda demokratik tamoyillarni tiklaşga qaratilgan muloqotni davom ettirişga tayyor ekani ham bildirildi.
Rezolyutsiya qabul qilinganidan söng Gurjiston parlamenti raisi Şalva Papuaşvili uni keskin tanqid qildi. U YeKPA va Yevropa parlamentini «antigurji taşkilotlar» deb atab, ular mamlakat suverenitetini hurmat qilmayotganini iddao qildi.
Papuaşvilining ta’kidlaşiça, YeKPA 2024 yilgi parlament saylovlari natijalarini tan olmagan va yangi saylovlar ötkazişni talab qilgan. Şu sababli Gurjiston delegatsiyasi bir yarim yil avval YeKPAdagi iştirokini vaqtinça töxtatgan.











