Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT O‘zbekiston tashabbusi bo‘lgan rezolyutsiyani qabul qildi
BMT Bosh Assambleyasi Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan “Barqaror o‘rmon xo‘jaligi asosida o‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha Harakatlar Dekadasi” nomli rezolyutsiyani qabul qildi.
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov / Foto: Facebook
Rezolyutsiyaning hammualliflari 80 dan ortiq davlat bo‘lib, ular dunyoning barcha mintaqalarini, jumladan Markaziy Osiyo davlatlarini, Ozarbayjon, Rossiya, Braziliya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Portugaliya, Hindiston, Eron, Pokiston, BAA, Qatar, Bahraynni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, hujjat O‘zbekiston prezidentining asosiy tashabbuslari, jumladan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va ’yashil’ iqtisodiyot yili” dasturi, “Yashil makon” milliy loyihasi va “Markaziy Osiyo Yashil kamar” daraxt ekish aksiyasi asosida yaratilgan.
Rezolyutsiya 2027–2036 yillarni O‘rmonzorlashtirish va o‘rmonlarni tiklash harakatlari dekadasi deb e’lon qiladi, kuch va resurslarni mobilizatsiya qilishga chaqiradi, shuningdek, davlatlar va tashkilotlarga tegishli chora-tadbirlarni kuchaytirishni tavsiya etadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash» rezolyutsiyasi bir ovozdan qabul qilingan edi.
Mavzuga oid
12:39 / 30.05.2026
Isroil va Rossiya kuchlari mojaro zonalaridagi jinsiy zo‘ravonlik uchun BMT qora ro‘yxatiga kiritildi
08:22 / 26.05.2026
BMT statistikasi: qaysi davlatlarda o‘lim darajasi yuqori?
08:25 / 25.05.2026
Ekspertlar: BMT tinchlikparvarlik tizimi xavf ostida
20:09 / 21.05.2026