Jahon | 00:25 / 19.11.2018
9478
2 daqiqa o‘qiladi

Argentina bo‘ylab suv osti kemasi halokati qurbonlari xotirasiga sirenalar yoqildi

Foto: REUTERS / Marina Devo

Butun Argentinada 18 noyabr ertalab 2017 yil noyabrda halokatga uchragan “San-Xuan” suv osti kemasi ekipaji xotirasiga gudok va sirenalar ovozi yangradi.

Ushbu tashabbus Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich tomonidan bildirilgan. “Men butun mamlakat bo‘ylab Argentina harbiy-dengiz kuchlarining 44 qahramoni xotirasiga jandarmeriya, harbiy-dengiz prefekturasi, federal politsiya va aeroportlar xavfsizligi politsiyasini “San-Xuan” bilan aloqa yo‘qolgan soatda sohilbo‘yiga kelib, sirenalarni yoqib milliy motamga qo‘shilishni so‘radim”, deb yozgan Bullrich tvitterda. Suv osti kemasi oxirgi marta 2017 yil 15 noyabrda soat 7.30da aloqaga chiqqan. 

Avvalroq Argentina prezidenti Maurisio Makri kema ekipaji xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilgandi. Suv osti kemasi cho‘kkandan bir yil o‘tib deformatsiyalangan va portlash alomatlari bilan 900 metrdan ko‘proq chuqurlikda topildi.  

Kema Ushuayya harbiy-dengiz bazasidan Mar-del-Plataga yo‘nalayotgan vaqtda aloqaga chiqmay qo‘ygan. Kema ekipaji oxirgi marta aloqaga chiqqanda avariya yuz berganini ma'lum qilgan. Kema bortida 44 kishi bo‘lgan. Kema yo‘qolgandan 15 kun keyin ekipajni qutqarish operatsiyasi to‘xtatilishi, biroq kemaning o‘zini qidirish ishlari davom ettirilishi ma'lum qilingan.

Mavzuga oid