Jahon | 17:18 / 19.11.2018
4210
2 daqiqa o‘qiladi

FT: Tereza Mey - Brexit davrida yagona munosib yetakchi

Foto: AP

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey zaiflik va Brexit tufayli tanqid qilinganiga qaramay, ayni paytda uning o‘rniga hech qanday muqobil variant yo‘q. Bu haqda Sebastyan Peyn Financial Times sahifalarida yozmoqda.

Muallifning ta'kidlashicha, Yevropa ittifoqidan chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borish kabi mushkul vazifaga duch kelgan Mey, Britaniya tarixidagi eng qiyin paytlardan birida chaqiriqlar bilan yuzlashdi. Biroq avvalroq Britaniya siyosatida Meyning keyingi yetakchiligi va uning muddati haqida turli gap-so‘zlar avj olgandi. Peynning qayd etishicha, «siyosiy pufakdan» tashqarida Mey mamlakatni bu og‘ir davrdan olib o‘tishi mumkin bo‘lgan yagona shaxsligiga doir fikrlar paydo bo‘ldi.

Meyning omon qolish quroli «hech qanday muqobil yo‘q» (yoki TINA) pozitsiyasidan iborat, undan qachonlardir Britaniya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher foydalangan, deb yozmoqda FT.

Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi muddatiga besh oy qolganida, Tereza Meyning Brexit bo‘yicha rejasi yagona jiddiy variant hisoblanadi, deyiladi materialda. Uni Buyuk Britaniyaning eng buyuk bosh vazirlaridan biri sifatida eslab qolishmaydi, deb yozmoqda muallif. Biroq uning taxtiga nomzodlar Brexit’ning eng yaxshi rejasini shakllantirishga bor kuchi bilan harakat qilayotganida, Konservativ partiya Meyga ancha og‘ir bo‘lgan ishni davom ettirish imkonini taqdim etishi lozim, deya xulosa qiladi FT.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniyada Tereza Meyni hokimiyatdan chetlatish jarayoni boshlanishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Mavzuga oid