O‘zbekiston | 14:08 / 20.11.2018
5906
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: chetga yuborishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura

Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda fuqarolar I. va N. 2012-2013 yillarda fuqarolar R.U va E.S.ni aldab, Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishni va'da qilib, ulardan jami 10.500 AQSh dollarini olib, shundan 2.100 AQSh dollarini qaytarib, qolgan 8.400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarning shaxsiy ehtiyojlariga ishlatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar I. va N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid