Jamiyat | 02:11 / 20.11.2018
3022
4 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashlari raislari malakasini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi

Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashlari raislari malakasini yanada oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Markaziy Kengash vakillari, Ittifoqning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy Kengashlari raislari, “Yetakchi” yoshlar markazi murabbiylari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Dastlabki kunda Markaziy kengash raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov O‘zbekiston yoshlar ittifoqidagi kadrlar siyosati, mahalliy Kengash raislari zimmasida turgan ustuvor vazifalar, yoshlar yetakchisiga yuklangan  mas'uliyat xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Mahalliy Kengash raislari yoshlar orasida rahbar sifatida emas, ularning g‘amida yashovchi yoshlar yetakchisi sifatida  faoliyat yuritishi kerakligi alohida ta'kidlandi. Ikki yuz nafarga yaqin ishtirokchi 3 kun davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Yetakchi” yoshlar markazi tomonidan o‘tkazilayotgan mahorat darslarida puxta bilim va ko‘nikmalar hosil qilishdi.

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Yoshlar yetakchilari 2019 yilgi yo‘l xaritalarini taqdim etishdi

Shuningdek, hududiy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish masalasida muloqot qilinib, tizimdagi  ustuvor vazifalar, muammolar va ularning yechimlari tanqidiy yondashuv asosida keng muhokama etildi. O‘quv oromgoh ishtirokchilari yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yigit-qizlarning ma'naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun ko‘maklashishga qaratilgan loyihalari hamda 2019 yilgi yo‘l xaritalarini taqdim etishdi.

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Tashkilot faoliyatiga doir taklif va tavsiyalar ko‘rib chiqildi

Taqdimotlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va “Yetakchi” yoshlar markazi rahbar xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilib, ularni yanada takomillashtirish maqsadida muzokaralar olib borildi.

Bundan tashqari, tizimdagi boshlang‘ich tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari va innovatsion menejment bo‘yicha yetarlicha ko‘nikmalar berdi. Tobora qizg‘in tus olgan bahs-munozaralardan so‘ng ishtirokchilar o‘z faoliyati yuzasidan natijadorlikni oshirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdi.

Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Foto: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

—O‘quv-seminarlar davomida asosiy e'tibor Yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish va faoliyatning OAV orqali keng yoritilishini yo‘lga qo‘yishga qaratildi, — deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov. —Yoshlarbop tizimga yondashuv payti keldi. Yoshlar yetakchilari yoshlar bilan tengqurdek suhbatda bo‘la olsa, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun qalqon bo‘la olsagina beg‘ubor qalblarga kirib boradi. O‘quv mobaynidagi o‘rganishlar Ittifoqning mahalliy Kengash raislarini yangicha yondashuvga undaydi. Ijobiy o‘zgarishlardagina taraqqiyotda o‘sish seziladi.  

Shahnoza Nurullayeva

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid